Liga-1. Kavani dubl qayd etgan o‘yinda PSJ yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 28 yanvar, 2019, 03:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Edinson Kavani (2 ta), Kilian Mbappe va Anxel Di Mariyalar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida M'Bay Nyang bir bor javob qaytara oldi xolos.

Tecno

Bugungi muvaffaqiyat natijasida Tomas Tuxel shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. "Renn" esa 30 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!