"Liverpul" 20 yoshli italiyalik futbolchini ko‘zlamoqda

  • 25 noyabr, 2017, 11:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Fiorentina" klubi hujumkor yarim himoyachisi Federiko Keza "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Talksport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha mersisaydliklar 20 yoshli italiyalik futbolchi uchun yaxshigina pul taklif qilishmoqchi, biroq, “binafsharanglilar” ustozi Stefano Pioli iste’dodli futbolchi jamoani tark etmasligiga ishonmoqda.

“Keza yaqindagina o‘z shartnomasini uzaytirdi. Demak, u bizning loyihamizga ishonadi”, - deydi Pioli.

Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 12ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!