
"Liverpul" Azar uchun 29 mln evro to‘lamoqchi
"Liverpul" klubi "Borussiya" Myunxengladbax yarim himoyachisi Torgan Azarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Liga Financial nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar 25 yoshli belgiyalik futbolchi uchun nemis klubiga uning shartnomasida keltirilgan 29 mln evroni to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Azar “Borussiya” safiga 2015 yil “Chelsi”dan 8 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum myunxengladbaxliklar safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar