“Liverpul” darvozaboni faoliyatini “Lester”da davom ettiradi
“Liverpul” klubi darvozaboni Denni Uord faoliyatini “Lester” jamoasida davom ettiradi, deya xabar beradi Sky Sports nashri.
Manbada yozilishicha, klublar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishda. Transfer narxi 10 mln funt (11,2 mln evroni) tashkil qiladi. Biroq Uord “Lester” asosiy darvozaboni Kasper Shmeyxelga o‘rinbosar sifatida qaramayapti. Jamoa rahbariyati uni Shmeyxelga raqobatchi sifatida e’tirof etmoqda.

Fikrlar