"Liverpul" futbolchisi APLda rekord o‘rnatdi

  • 28.02.2019 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold kecha bo‘lib o‘tgan “Uotford”ga (5:0) qarshi bahsda Angliya premer-ligasi rekordini o‘rnatdi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli angliyalik futbolchi APLning bitta o‘yinida 3ta golga assistentlik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr-Arnold joriy mavsum premer-ligada jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!