
“Liverpul” futbolchisiga “Oltin to‘p” topshirishdi
Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Dominik Solanke yakuniga etgan JChning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
U-20 Jahon chempionati.Finalda venecuelalik tengdoshlarini engan angliyalik yoshlar jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi
“Chelsi” bilan shartnomani uzaytirishni istamagan Solanke, Koreyaga kelish oldidan “Liverpul” bilan shartnoma imzolagan edi.
Inglizlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga etgan ushbu turnirda Solanke 7 o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Eng yaxshi darvozabon nominatsiyasida inglizlar kiperi Freddi Vudman tengsiz deb topilgan bo‘lsa, eng yaxshi to‘purar uchun atalgan sovrin 5 ta gol kiritgan italiyalik Rikkardo Orsoliniga nasib etdi.
Fikrlar