“Lokomotiv”ning jarohati bois alohida shug‘ullanmoqda

  • 09.02.2017 16:20
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan "Lokomotiv"ning bugun ertalabki mashg‘uloti maydonda olib borildi.

Kecha olti nafar “Loko” futbolchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketdi. Bular - Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Bobur Yo‘ldoshev, Marat Bikmaev, Salamat Qutiboev va Jaloliddin Masharipov.

Terma jamoaga chaqirilgan yana bir o‘yinchi Ikrom Aliboev jarohati sabab hozirda klub bilan birga. Shuningdek, yana ikki nafar o‘yinchida jarohat bor, shu bois Diyor Turopov bilan Timur Usmonov alohida mashq o‘tkazishdi.

Qolganlar esa butun jamoa bo‘lib shug‘ullanishdi. Ertalabki mashg‘ulotda ham odatga ko‘ra to‘plar bilan ishlandi. Jamoa bugun kechki payt o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazadi. "Lokomotiv" ertaga Turkiya yig‘ini doirasida o‘zining uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu safargi raqibimiz Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00) boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!