"Lokomotiv"ning yana ikki futbolchisi jazolandi: Nivaldo 5 o‘yinda maydonga tushmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” (1:1) o‘yini yuzasidan O‘FA Tartib intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda uchrashuv komissarining bildirgisi, o‘yin qayd etilgan videoyozuv ko‘rib chiqildi.

O‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo  hamda Sardor Mirzaevning hatti- harakatlari o‘rganib chiqildi va qaror qabul qildi. Bunga ko‘ra, ”Lokomotiv” o‘yinchisi Nivaldoga nisbatan  Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan  5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi. “Lokomotiv” o‘yinchisi Sardor Mirzaevga nisbatan  esa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko‘rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo‘lib, madaniy dam olishlarini ta’minlashdan iborat. 

Avvalroq mazkur o‘yinni boshqargan bosh hakam va qanot hakami ham jazolangani haqida xabar berilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!