Lopetegi uchun ilk jiddiy sinov yoxud "Real" bugun "Sevilya" maydoniga safar qiladi

  • 26 sentabr, 2018, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya La Ligasida 6-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni “Real” safarda “Sevilya” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

“Real” “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida ketma-ket 3 mavsumdan buyon ochko ololmay kelmoqda.

Ushbu jamoalar to‘qnashuvida so‘nggi nursiz durang bundan 37 yil oldin qayd etilgan. Aniqrog‘i "Real" va "Sevilya" 1981 yilning 4 oktyabr kuni 0:0 hisobida durang o‘ynashgan.  

“Real” La Liga doirasida safardagi so‘nggi 30ta o‘yindan 27tasida mag‘lub bo‘lmagan.

“Sevilya”ning so‘nggi 3ta uy o‘yinida darvozalarga kamida 3ta gol kiritilgan.

"Sevilya" – "Real" Madrid

Stadion: "Ramon Sanches Pisxuan" (Sevilya)

Boshlanish vaqti: 01:00

Bosh hakam: Alesandro Ernandes (Ispaniya)

Taxminiy tarkiblar:

"Sevilya": Vatslik – Karriko, Ker, Gomes – Navas, Banega, Mesa, Arana – Sarabiya, Vaskes, Ben Yedder.

"Real": Kurtua – Odriosola, Varan, Ramos, Marselo – Modrich, Kroos, Sebalos – Beyl, Asensio, Benzema.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!