
Luis Enrike: De Xea aybdor emas
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyadan (2:3) uchralgan mag‘lubiyatda darvozabon David de Xeani aybi yo‘qligini aytib o‘tdi.
“Bizning jamoamiz ruhan yaxshi holatda. Oldinda bizni o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi va bu o‘yinda biz shu kungacha zaxirada qolayotgan futbolchilarga imkon beramiz.
De Xea? Agar uni tanqid qilishayotgan bo‘lishsa, u holda qolgan futbolchilarni ham, murabbiylar shtabini ham tanqid qilish kerak. Chunki, futbol bu – jamoaviy sport turi. Buni hech qachon unutmaslik lozim”, - deydi Enrike.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi bugun Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Fikrlar