Luis Enrike “Real” haqidagi savolga antiqa javob qaytardi

  • 27 aprel, 2017, 09:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Osasuna”ga qarshi (7:1) kechgan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jurnalistlardan biri Enrikedan Pako Alkaser va Andre Gomeshning dubl qayd etgani borasidagi munosabati bilan qiziqdi.

“Bugungi o‘yin Pako Alkaser va Andre Gomeshga ishonch berishi lozim”, – dedi Luis Enrike.

Yana bir matbuot xodimi Maskeranoning “Barselona” uchun ilk goli haqida izoh so‘radi.

“Maskerano avval gol ura olmagani qiziqarli holat. U yuqori saviyali va ancha tajribali futbolchi”, – deb javob qaytardi “Barselona” ustozi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalist “Malaga” chempionlik uchun asosiy da’vogar “Real”dan ochko olsa” degan savol bilan Enrikega yuzlandi?

“Agar buvimning g‘ildiragi bo‘lganida, u velosiped bo‘lardi”, – deya hazilomus javob qaytardi Enrike.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!