Lutfulla To‘raev: Har birimizga avtomobil sovg‘a qilishlarini o‘zimiz ham kutmagandik

  • 15 noyabr, 2018, 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Olmaliqning AGMK klubi o‘zbek futbolida yangi sahifa ochdi va o‘zi uchun yangi tarix yaratdi.  O‘zbekiston Kubogi finalida “Paxtakor”dek raqibni taslim qilgan holda o‘z tarixida ilk bor Kubok sohibiga aylandi. Shu bois 2018 yilgi mavsum jamoa uchun unutilmas bo‘lib qolishi shubhasiz O‘z navbatida AGMK rahbariyati jamoa a’zolarini munosib taqdirlash maqsadida 36 ta avtomobil mashinalarini sovg‘a tariqasida tantanali ravishda topshirishdi. Shulardan 35 tasi jamoa a’zolariga va yana bir spark klubning o‘zi uchun taqdim etildi. Natijada 9 noyabr kuni Olmaliqda katta bayram uyushtirildi.

Tecno

SPORTS.uz muhbiri esa kuni kecha AGMK sardori Lutfulla To‘raev bilan bog‘landi hamda uning bu boradagi fikrlarini yozib oldi. Suhbat davomida futbolchi rahbariyatning bu qadar iltifot ko‘rsatishini hayoliga ham keltirmaganini aytdi.

- AGMK jamoasining O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritilgani munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimi ajoyib tarzda kechdi. Klubning har bir a’zosiga avtomobillarning topshirilishi ochig‘i hammaning havasini keltirdi...

- Olmaliqda o‘tgan taqdirlash marosimi haqiqatan juda zo‘r o‘tdi. Buning uchun klub rahbariyatiga, muxlislarga katta rahmat aytaman. O‘zbekiston futbolida hali bunaqasi bo‘lmagan deb o‘ylayman. Tan olaman, har birimizga avtomobillarni sovg‘a qilishlarini o‘zimiz ham kutmagandik. Ko‘rib hayron qoldik. Bilsangiz, jamoamiz Toshkentda yashaydi. Faqat o‘yin kunlari Olmaliqqa boramiz. Shu bois bizni qanday kutib olishlari va nimalar kutayotganini bilmasdik. Olmaliqqa borganimizdan keyin hammasini ko‘rib yoqimli ma’noda ajablandik.

Intervyuning to‘liq matnini ertaga saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!