Lyakazett "Arsenal"dan ketishni o‘ylamoqda

  • 29 avgust, 2018, 14:27
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Le10sport.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik forvard o‘zining jamoadagi kelajagini ko‘ra olmayapti va ushbu transfer oynasi yopilguniga qadar boshqa jamoa safiga o‘tmoqchi.

Ga shundaki, Lyakazett o‘zini bosh murabbiy Unai Emerining rejalariga kirmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.

O‘z navbatida "Arsenal" 27 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishi juda qiyin masala ekanligi aytilmoqda. Boisi, Angliyada allaqachon transfer oynasi yopilib bo‘lgan va yangi futbolchini tarkibga qo‘shib olishning imkoni yo‘q.

Ma’lumot uchun, Lyakazett o‘tgan yili 53 mln evro evaziga "to‘pchilar" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!