
“MYu” 7 yillik “qora an’anasiga” barham berdi
Angliya chempionati 20-turida “Manchester Yunayted” jamoasi o‘z maydonida “Bornmut” futbolchilarini qabul qilib, 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi.
Jamoa so‘nggi 3 o‘yinda yirik va ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda. Avvalroq “Kardiff Siti” 5:1, “Xaddersfild” esa 3:1 hisobida taslim qilingandi. Jamoa oxirgi 3 bellashuvda raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritish uddasida chiqdi.
So‘nggi bor mankunianlar 2011 yilning 21–31 dekabr kunlari shunday natijani qayd etgandi.
Fikrlar