MYu Reshfordning maoshini ikki barobar oshiradi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa forvardi Markus Reshfordning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Aniqrog‘i, “qizil iblislar” 21 yoshli angliyalik futbolchiga yiliga 9 mln evro maosh to‘lashga tayyor. Bunday taklif esa Reshfordni to‘la qanoatlantiradi, shu sababli tomonlar tez orada yangi kelishuvni imzolashlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Reshfordga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford joriy mavsum MYu safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar