"MYu" futbolchilari Terrini olib kelish taklifini bildirishdi
UEFA Evropa ligasidagi g‘alabadan so‘ng "Manchester Yunayted" futbolchilari, murabbiylar shtabi, jamoa hamkorlari va xomiylari "Old Trafford"da yig‘ilishdi.
Ushbu yig‘ilishda birinchi bo‘lib yozda jamoa tarkibini qaysi futbolchilar orqali kuchaytirish mumkinligi muhokama qilindi. Shundan so‘ng ko‘pchilik "Atletiko"dan Antuan Grizmann va "Everton"dan Romelu Lukaku kabi futbolchilarni tarkibga jalb etish haqida fikr bildirishdi.
E’tiborlisi, futbolchilar orasida tarkibga yaqinda "Chelsi" bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan tajribali himoyachi Jon Terrini qo‘shib olish taklifi ham kiritildi.
Ta’kidlash kerakki, ayni damda "MYu"ni boshqarayotgan Joze Mourino o‘z vaqtida Terri bilan birga 3 marta premer-ligada g‘olib chiqqan.

Fikrlar