MYuning 3 nafar etakchi futbolchisi ertaga "siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yaqinlashib kelayotgan "Manchester Siti"ga qarshi muhim bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Pogba jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashmagan, u yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Biroq, MYu murabbiylari ushbu kichik jarohat Pogbaning derbida maydonga tushishiga to‘sqinlik qilmasligiga umid qilishmoqda.
Bundan tashqari Romelu Lukaku va Aleksis Sancheslarning ham ushbu bahsda ishtirok etishlari so‘roq ostida qolmoqda. Bu borada yakuniy qaror bugungi mashg‘ulotlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted"bahsi 11 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Fikrlar