Malkom "Everton"ga o‘tishni xohlamadi

  • 2 yanvar, 2019, 23:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom "Everton"ga o‘tishdan bosh tortdi. bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra "irischilar" 21 yoshli braziliyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni rejalashtirishgan va bu masala yuzasidan uning vakillari bilan ham muzokaralar olib borishgan. Biroq, u etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay baribir "Kam Nou"da qolishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Malkom "Barselona" safiga yozda "Bordo"dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!