Malkom: Valverdega nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatmoqchiman
"Barselonaga o‘rganib qoldim va ispan tilini o‘rganishni davom ettirmoqdaman. Jamoada yaxshi atmosfera hukmron. Echinish xonasida ham ko‘p hazillashamiz. Bizning munosabatlarimiz yaxshilanib bormoqda.
Muhim uchrashuvlarda maydonga tushib, murabbiyga o‘zimning nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yishni istayman. Men u bilan gaplashib oldim va Ernesto tarkibda ko‘proq o‘rin olishim uchun, ko‘proq ishlashim kerakligini aytdi", - dedi Malkom.
Ma’lumot uchun, Malkom bu yoz "Bordo"dan "Barselona" safiga kelib qo‘shildi. Joriy mavsum 21 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritdi.
Fikrlar