Malkom qishda "Barselona"dan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ramoqda
“Barselona” vingeri Malkom klub rahbariyatidan qishda o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ramoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra agar kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde braziliyalik futbolchiga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon bermasa, u qishda boshqa jamoaga o‘tib ketishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Malkom yozda “Roma”ga o‘tishiga bir qadam qolganida “Barselona”ni tanlagan edi. Biroq, u “ko‘k-anor ranglilar” safida hozircha bor yo‘g‘i 2ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi holos.



Fikrlar