“Manchester Siti” 20 yoshli hujumchisini 25 mln evroga sotmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi ravhbariyati nigeriyalik hujumchi Kelechi Ixeanachoni sotishni rejalashtirmoqda.

Mirror nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” iqtidorli futbolchini 25 million evroga sotmoqchi.

20 yoshli futbolchiga ayni vaqtda “Lester” va “Suonsi” klublari, shuningdek, “Vest Xem” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2016/17 yilgi mavsumda Ixeanacho APLning 20 o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!