
“Manchester Siti” Gyundogandan voz kechdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi UEFA Chempionlar ligasidagi qaydnomasiga biroz o‘zgartirishlar kiritdi. “Shaharliklar” bir futbolchini tarkibdan o‘chirib, o‘rniga ikkita futbolchini qo‘shishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Manchester Siti” musobaqaning pley-off bosqich o‘yinlarisha Yaya Ture va Gabriel Jezuslarni kiritdi. Ta’kidlash kerakki, Ture bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan tortishib qolgani sababli EChLning guruh bosqich o‘yinlari qaydnomasiga kiritilmagan edi. Jesus esa jamoaga yanvarda kelib qo‘shildi.
O‘z navbatida “shaharliklar” jarohatidan davolanish bilan ovora bo‘layotgan Ilkay Gyundoganni ro‘yxatdan o‘chirib yuborishga qaror qilishdi. Kelechi Ixeanacho esa “B” ro‘yxatga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Chempionlar ligasining 1/8 finalida Frantsiyaning “Monako” klubi bilan kurash olib boradi.
Fikrlar