“Manchester Siti” yozda Lionel Messiga qo‘shib yangi darvozabon ham oladi
Joriy mavsumda o‘z chempionlikka erisholmasligi tobora oydinlashib borayotgan “Manchester Siti” klubi yozda tarkibini yanada kuchaytirish harakatinir hozirdan boshladi. Xosep Gvardiola jamoasi “Barselona”dan Lionel Messini olib kelish uchun 100 million funt berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Endi Manchester shahri klubi yangi darvozabon ham olishga qaror qildi. Klub zaxira posboni Villi Kabalero bilan shartnomani uzaytirmaydi va “Torino”da ijara asosida o‘ynayotgan Jo Xartga ham ishonch bildirmoqchi emas. “Barselona”dan katta umidlar bilan olib kelingan Klaudio Bravo ham gol o‘tkazishdan “charchamayapti”.

Hozir “Manchester Siti” kelasi mavsum uchun asosiy tarkibda o‘ynaydigan yuqori saviyali darvozabon qidirmoqda.



Fikrlar