
"Manchester Siti"13 yoshli superiqtidor uchun rekord summa to‘ladi
"Manchester Siti" bu bolakay uchun 175 ming funt miqdorida pul to‘ladi. Agar Finli Byorns manchesterliklarning o‘smirlar jamoasida o‘zini ko‘rsata olsa "Manchester Siti" yana 175 ming funt qo‘shimcha to‘laydi. Bu summa 13 yoshli futbolchi uchun berilgan rekord ko‘rsatkichdir.
"Manchester Siti" kelajakda buyuk futbolchi bo‘lishi kutilayotgan iste’dodli futbolchi to‘pdi. Manchesterlik skautlar Angliya birinchi ligasidan 13 yoshli himoyachi Finli Byornsni topib kelishdi. Bu futbolchi mazkur musobaqada "Sautend Yunayted" jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi.
Finli Byornsga "Manchester Siti"dan tashqari "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari ham da’vogarlik qilgandi.
Fikrlar