
"Manchester Yunayted" safarda "Brayton"ga yutqazib qo‘ydi (video)
Bugun Angliya Premer-ligasida 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Kunning so‘nggi o‘yini Braytonda kechdi. Unda mahalliy "Brayton" klubi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi. "Falmer" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar tajribali raqib ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dastavval, 25-daqiqada Myurrey hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Daff "qizil iblislar" himoyasidagi parokandalikdan foydalanib hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi.
34-daqiqada esa Romelu Lukaku gol kiritib, hisobni qisqartirishga erishdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Erik Bayi o‘z jarima maydoni ichida raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini esa Gross bexato bajardi - 3:1.
Ikkinchi bo‘lim so‘nggida Fellayniga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik tufayli belgilangan penaltini Pogba aniq amalga oshirji - 3:2. Shu tariqa, "qizil iblislar" mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatlarini ikkinchi turdayoq qabul qilib olishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar