
Manjukich «Yuventus»ning asosiy quroli bo‘ladimi?
Besh karra «Oltin to‘p» sohibi A Seriyadagi birinchi golini urishga harakat qilayotgan bir paytda xorvatiyalik sherigi klubning asosiy to‘purariga aylanmoqda. U «Parma»ga qarshi uchrashuvda ham buni isbotladi.
Mario Mandjukichning «Yuventus»dagi kelajagi Krishtianu Ronaldu kelguniga qadar ham noaniq edi.
O‘tgan aprelda «byankonerilar» mutasaddilari veteran hujumchi jamoani tark etishni istamasa, tezroq o‘z o‘yinini qayta topib olishi zarurligini aytgandi. O‘sha vaqtdayoq unga Xitoydan ikkita «yog‘li» taklif kelib tushgandi. Kamiga, Premer Liga va La Ligadan ham jiddiy takliflar tushdi.
Shunga qaramay, uning Xorvatiya bilan Jahon Chempionati finaligacha etib kelishi tufayli «keksa sinora» uni tarkibda olib qolishga qaror qildi.
U qolib jamoani yulduz hujumchisi – Gonsalo Iguain tark etdi. Argentinalik hujumchi Chempionlar Ligasida klubning asosiy hujum uchligi Ronaldu, Paulo Dibala va Duglas Kostalar ilk daqiqalardan maydonga tushishini kuzatishni istamadi, chog‘i.
Mandjukichjda esa boshqa rejalari bor edi, shekilli. Ronalduning jamoaga kelishi bilan 32 yoshli hujumchi Rossiyada ko‘rsatgan qahramonligini klubda ham davom ettirishga kirishib ketdi.
Mavsumoldi yig‘inlardan birida kameralar u va Leonardo Bonuchchiga qaratilganida, xorvatiyalik futbolchi «videoga tushishni vaqti emas, ishlash kerak» deya jiddiy ohangda gapirdi.
Bu o‘sha biz bilgan oldingi Mandjukich edi. «Yuve»ning «Kevo»ga qarshi birinchi turdagi o‘yinda aynan uning zaxiradan tushishi va Bernardeski bilan hamkorligi jamoasi foydasiga o‘yinni o‘zgartirib yuborgan edi.
U keyingi turda «Latsio»ga qarshi ilk daqiqalardan maydonga tushish xuquqini qo‘lga kiritdi va buni ko‘kka sovurmadi. U mavsumdagi gollari sonini ochdi. Ronalduning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab qo‘ydi.
U buni shanba oqshomida «Parma»ga qarshi uchrashuvda ham davom ettirdi. Mandjukich havodagi kurashda engib chiqib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Jamoaga g‘alaba to‘pini esa Blez Matyuidi kiritdi. Frantsiyalik futbolchi muhim uchrashuvda jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Bu gaprlarni Ronaldu haqida aytsak ham bo‘ladi. U A Seriyaning ikki turida gol ura olmagan bo‘lsada, ushbu bellashuvlarda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Biroq u A Seriyadagi gollari reytingini ochishga qiynalmoqda. Shu sababli Massimiliano Allegri yangi yulduz shogirdidan maksimal foydalanish uchun yangi-yangi g‘oyalarni o‘ylab o‘tirgan bo‘lsa ajab emas. Bundan bittasi kecha sodir bo‘ldi. Paulo Dibala va Duglas Kosta uchrashuvni zaxiradan boshladi.
«Yuventus» yangi mavsumda ajoyib startni boshladi. Biroq tarkibda kamchiliklar etarlicha. Jamoalar xalqaro tanaffusga chiqishdan oldin yagona fakt shuki Mandjukich tarkibining birinchi raqamli hujumchisi bo‘ladi.
Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ning yulduz futbolchi bo‘lishi mumkin, biroq ayni vaqtda Mario jamoaning etakchi futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar