Mansur (Mangust) To‘g‘izboevning shogirdlari Qirig‘izistonda jang qiladi
Joriy yilning 24 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha "WEF 50 PROFFIGHT 19" musobaqasi o‘tkaziladi.
"Strong" boks arenasida o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan sportchilar o‘zaro raqobatlashadi.
Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboevning ikki shogirdlari 71 kgda Umid Sagdulaev va 77 kgda Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.




Fikrlar