Manuel Noyer “Bavariya”ning yangi sardori bo‘ladi

  • 17.02.2017 17:46
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Germaniyaning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning yangi sardori bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari bu mavsum yakunlangach futbolchilik faoliyatini yakunlaydigan Filipp Lam o‘rniga Manuel Noyer sardor bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasida ham Manuel Noyer Filipp Lam tushmagan paytda jamoaga sardorlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!