
Maqsud Karimov bugun "Nasaf"dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi (FOTO)
“Nasaf” futbol klubida shunday futbolchilar borki, jamoa tarkibida ko‘p yillar to‘p tepib, jamoa yutuqlariga ulkan hissa qo‘shgan, muxlislar mehrini qozongan va hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lgan hamda el nazariga tushgan. Shundaylardan biri klubining tajribali himoyachisi Maqsud Karimovdir.
Xorazmlik futbolchi 2008 yildan buyon "ajdarlar" sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Maqsud Karimov dastlab 2006-2007 yillarda “Xorazm”, “Vobkent” jamoalarida to‘p surgan. 2008 yilda esa “Nasaf” tarkibiga kelib qo‘shilgan.
U "Nasaf" tarkibida OFK Kubogi sohibi, 2 karra kumush medali sohibi, 6 karra bronza medali sohibi, besh marta O‘zbekiston Kubogi finalchisi, 2015 yili O‘zbekiston Kubogi sohibi va 2016 yili O‘zbekiston Superkubogi sohibi va Osiyo chempionlar ligasida 5 mavsum ishtirok etdi.
Maqsul Karimov milliy chempionat o‘yinlarida 274 marta maydonga tushdi va “Nasaf” tarkibida himoyachi sifatida 200dan oshiq o‘yin o‘tkazdi.
U shuningdek 2010 va 2011 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ham 4ta o‘yin o‘tkazgan va 159 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Qarshiliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Maqsud Karimov bugun jamoadagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan. “Nasaf” – AGMK bahsidan so‘ng tajribali futbolchiga ehtirom ko‘rsatildi.
Fikrlar