Marat Bikmaev ertaga bo‘lib o‘tadigan finalda kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 27.10.2018 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga Farg‘onada O‘zbekiston Kubogi finalida AGMK – “Paxtakor” to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Ma’lumki, “Sherlar” final sari yo‘lda chorak finalda “Lokomotiv”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadan chiqarib yuborgandi. Bo‘lajak o‘yin borasida fikr bildirayotganlar ko‘p bo‘lmoqda.

Aslida “Lokomotiv” ham Kubok uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. Biroq ular “Paxtakor”ning qarshiligini enga olmadilar. Temiryo‘lchilarning etakchilaridan biri Marat Bikmaev esa final uchrashuvi oldidan qanday fikrda ekan? U jamoasini mag‘lub etgan “Paxtakor”ning Kubokni qo‘lga kiritishiga ishonadimi? Bu borada futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bilasizmi, finalda favoritlar bo‘lmaydi. Final bitta o‘yindan iborat. Har qanday jamoa hal qiluvchi bahsda bor imkoniyatini ishga solishga harakat qiladi. Hammasini faqat bitta o‘yin hal qiladi. Chempionat boshqa, bunisi esa boshqa. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin? Kimda jismoniy tayyorgarlik yaxshiroq bo‘lsa, ruhiy tayyorgarligi joyida bo‘lib, asabiylashmasa o‘sha jamoa yutadi. Final shunaqa o‘yin.

Shuhratbek JO‘RAEV suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!