Margarita Gasparyan Xitoydagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
Xitoyning Nanchan shahrida o‘tayotgan "Jiangxi Open" turnirida yakkalik bahslarining birinchi davra uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 250.000 dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada tailandlik Peangtarn Plipech rossiyalik Vitaliya Dyachenkoni 4:6, 6:4, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratayotganda Vitaliya o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Yana bir rossiyalik tennischi Margarita Gasparyan esa xitoylik Shilin Syuy ustidan 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Ayni damda mazkur bosqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yaponiyalik Ayano Shimitsu bilan raqobatlashmoqda. Ushbu o‘yin natijasi bilan bir ozdan so‘ng Sports.uz internet portali orqali xabar topasiz.

Fikrlar