Mariu ketishni istamayapti, "Inter" esa uning qolishini
Milanning “Inter” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Joau Mariudan imkon qadar tezroq qutulmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” rahbariyati 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga bu jamoada kelajagi porlamasligini va o‘ziga yangi jamoa topishni aytishgan. Ammo, Mariu jamoadan ketishni istamayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra Joau Mariuni "Sporting", "Sevilya" va "Shalke" kabi jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Fikrlar