Mariya Sharapova: Donna Vekich meni yanchib tashalashi mumkin edi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova "Rolan Garros" musobaqasida xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi o‘tgan o‘yin haqida gapirdi.
"O‘yin oson o‘tmadi. Avval biz bir-birimizga qarshi o‘ynamagan edik. Donna bu qadar tajovuskor o‘yin namoyish etadi deb o‘ylamagan edim.
Ushbu o‘yinda u meni qiynadi va bahsdagi maromni topa olmadim. o‘yin so‘nggida omad menga kulib boqdi. Plishkovaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun bor kuch-g‘ayratimni sarflayman", - deydi Sharapova,

Fikrlar