Marselo: "Atletiko" haqli ravishda g‘alaba qozondi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo kecha UEFA Superkubogida "Atletiko"dan uchralgan mag‘lubiyatni izohlab o‘tdi.
“Odatda o‘yin davomida kamroq xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa g‘alaba qozonadi. Afsuski, bu o‘yinda biz ko‘proq xato qildik, ammo kelajakda ushbu xatolarni kamaytirishga harakat qilamiz. Ana shundagina biz sovrin yutishimiz mumkin. “Matraschilar” haqli ravishda g‘alaba qozonishdi, chunki ular kamroq xato qilishdi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar