Marselo El Klasikoda kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 27.10.2018 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo ertaga La Liganing 10-turi doirasida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi el klasiko oldidan o‘z fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Dunyo ushbu bahsni tomosha qilish uchun bir zumga to‘xtaydi. “Barselona”ga qarshi o‘ynash hamisha yoqimli, ayniqsa “Kamp Nou”da. Chunki, bu erda muxlislar sizga qarshi bo‘lishadi, bu esa sizni yanada ruhlantiradi. Biz bu o‘yinda konsentratsiyani saqlab turishimiz lozim, chunki raqib jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar juda ko‘p. Bu el klasikoda kim kamroq xato qilsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!