Marselo "Real" tarixidagi eng uzoq davom etgan golsiz seriyaga yakun yasadi

  • 20 oktabr, 2018, 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo bundan biroz avval yakuniga etgan “Levante”ga (1:2) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

E’tiborli jihati, 30 yoshli braziliyalik futbolchi shu tariqa “qirollik klubi”ning 480 daqiqadan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. Ta’kidlash kerakki bu “Real” tarixidagi eng uzoq davom etgan golsiz seriya sifatida tarixga kirdi.

Yana bir qiziq tomoni ushbu gol Marseloning faoliyatida “Levante” darvozasiga kiritgan uchinchi goli bo‘ldi. Aynan Valensiya klubi uning faoliyatida eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!