
Marselo Ronalduning "Real"dan ketganiga afsuslanyapti
"Real" Madrid klubi himoyachisi Marselo Krishtianu Ronalduning jamoadan ketganidan afsuslanaytganini aytdi.
“Qachonki dunyoning eng zo‘r futbolchisi jamoangizdan ketsa, uni albatta sog‘inasiz. Istalgan klub Ronalduni tarkibida bo‘lishini xohlaydi, ammo “Real” usiz ham buyuk bo‘lib qoladi. Ishonamanki, biz barcha musobaqalarda kurashishda davom etamiz”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 9 yil (2009-2018) davomida “Real” sharafini himoya qilda va joriy yil yozda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar