
Marselo Shveytsariyaga qarshi bahsda Braziliyani sardor sifatida boshlab tushadi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo JCh-2018ning Shveytsariyaga qarshi ilk bahsida Braziliya terma jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushadigan bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Tite boshchiligidagi murabbiylar shtabi aynan Marseloga ishonch bildirishga qaror qilishgan. O‘z navbatida futbolchilar ham an’anaga aylanib ulgurgan jamoa sardorining tez-tez almashtirilishiga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya – Shveytsariya uchrashuvi bugun Rostovda Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar