Marselo safga qaytdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo mushaklaridan olgan jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi.
Unga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi umumiy guruhda shug‘ullana boshlagan va FIFA kunlaridan so‘ng u yana “qirollik klubi”ga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar