Marsyal MYu bilan shartnomasini uzaytirdi
“Manchester Yunayted” klubi forvardi Antoni Marsyal jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu kelishuv tomonlar rozilishi bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Marsyal MYu safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 162ta o‘yinga ishtirok etib, o‘z hisobiga 46ta gol hamda 26ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar