
Marsyal Mourinoning g‘azabini qaynatdi
"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik legioneri Antoni Marsyalning qiyin kunlari boshlanayotgan ko‘rinadi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning hujumkor yarim himoyachidan jiddiy jahli chiqqan.
Portugaliyalik mutaxassis Angliya premer-ligasi doirasida "Stok Siti"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Antoni Marsyalni qaydnomaga ham kiritmadi. Jurnalistlarga buni o‘zining imtagi ekani bilan izog‘ladi.
Biroq, ommaviy axborot vositalari Joze Mourino sifatsiz o‘yin ko‘rsatayotgan Antoni Marsyaldan g‘azablanayotganini aniqlagan. Frantsiyalik futbolchining keyingi uchta uchrashuvdagi o‘yini Mourinoning talabiga javob bermagan.
Marsyal joriy mavsumda APLda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.
Fikrlar