Martin Kaseres “Milan”ga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun etib keldi
“Yuventus” klubi sobiq himoyachisi Martin Kaseres tez orada “Milan” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi ayni paytda Milanda. U tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga etib kelgan. Kaseres tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng italiyaliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Martin Kaseres 2012-2016 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Oldinroq futbolchiga Angliyaning "Kristal Pelas" klubi ham qiziqayotgani borasida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar