“Mash’al” safiga tojikistonlik futbolchi kelishi kutilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Muborakning “Mash’al” klubining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida Rossiya va estoniyalik futbolchilar ko‘rikdan o‘tayotganligi haqida xabar qilgan edik.

Bugun ma’lum bo‘lishicha Tojikiston yoshlar terma jamoasi va “Vaxsh” kulubi futbolchisi Umedjon Sharipov “Mash’al” yig‘iniga kelishi kutilmoqda. Faoliyati davomida Dushanbening “Istiqlol”  hamda “Vaxsh” jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi 26 yanvar kuni “gazchilar” safiga kelib qo‘shiladi va mashg‘ulotlarni boshlaydi.

U shuningdek, Tojikistonning turli xil yosh toifadagi terma jamoalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!