Mats Xummels Shvetsiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov so‘zlariga ko‘ra, Bundestim himoyachisi Mats Xummels bugun JCh-2018 “F” guruhi ikkinchi turida Shvetsiya bilan bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida bo‘ynidan jarohat olganligi bunga sabab bo‘lmoqda. Mazkur bahsda Xummels o‘rniga Antonio Ryudriger maydonga tushishi kutilmoqda.

Shvetsiya termasiga qarshi o‘yinda Xummels maydonga tushmaydi. O‘yingacha u sog‘ayib ulgurmaydi, – deydi Lyov.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!