Mbappe 470 ming evrolik mukofot pulini qaerga sarflamoqchi?
PSJ klubi hamda Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe JCh-2018dagi chempionlik uchun beriladigan mukofot pulini qaerga sarflashi ma’lum bo‘ldi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli futbolchi 470 ming evrolik mukofot pulini kasal va nogiron bolalarni bepul sport bilan shug‘ullantiruvchi fond hisobiga o‘tkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018da 4ta gol urishga erishgan Mbappe yakunda FIFA tomonidan musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar