
Mbappe Ouenning rekordini takrorladi
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Liverpul", "Real" va "Manchester Yunayted" klublari sobiq hujumchisi Maykl Ouenning rekordini takrorladi.
Gap shundaki frantsiyalik futbolchi 19 yoshida “Oltin to‘p” nomzodlarining kuchli beshligiga kirdi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Mbappe 1998 yildan buyon, ya’ni Ouendan so‘ng ilk bor bunday natijani qayd etgan futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tish lozimki, Ouen bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam xuddi Mbappe kabi 19 yoshida “Oltin to‘p” nomzodlari orasida 4-o‘ringa loyiq ko‘rilgan edi.
Fikrlar