Memfis Depay "Lion"da ilk golini urishi uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘ldi

  • 09.02.2017 13:44
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, qishki transferlar mavsumida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Memfis Depay Frantsiyaning “Lion” jamoasiga yo‘l olgandi.

Kecha Frantsiya chempionati 24-turida “Lion” o‘z maydonida “Nansi”ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni Memfis Depay o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Bu gol Depay uchun “Lion”dagi dastlabkisi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Memfis Depay “Lion” tarkibida Frantsiya chempionatida 4 marta maydonga tushdi va bir raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!