
Messi "Barselona"ning eng kuchli futbolchisi emas!
Frantsiya terma jamoasi va "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Rober Pires jahonning eng kuchli klublaridan hisoblangan "Barselona" va uning yulduz o‘yinchilari haqida gapirdi. Rober Pires kataloniyaliklarning etakchisi, e’tirof etiladigan Lionel Messini eng kuchli futbolchi deb hisoblamadi.
- "Barselona" tarkibida jahondagi eng kuchli futbolchi borligi uchun muvaffaqiyatga erishib kelmoqda, - dedi Rober Pires. - Men Lionel Messini nazarda tutayotgani yo‘q. Eng zo‘r futbolchi bu Andres Inesta. U jamoaning miyasi va barcha jarayonni nazorat qiladi. Inesta Serxio Buskets bilan bir birini to‘ldirib o‘ynaydi. Evropada bunaqa futbolchilar boshqa yo‘q.
Andres Inesta joriy mavsumda "Barselona" tarkibida o‘nta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar