
Messi La Ligada rekord o‘rnatdi
"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi ayni damda La Liganing "Jirona"ga qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va rekord o‘rnatdi.
Gracenote Live nashrining xabar berishicha ushbu bahs Messi uchun La Ligadagi 423-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa 30 yoshli argentinalik futbolchi Ispaniya La Ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan legionerga aylanib oldi.
Ta’kidlash kerakki, Messi bu ko‘rsatgich borasida amaldagi rekordchi hisoblangan sobiq jamoadoshi Dani Alvesni (422ta) ortda qoldirishga erishdi.
Fikrlar