Messi Ronalduni ortda qoldirdi
Kecha Ispaniya La Ligasining 21-turida “Barselona”ning “Alaves”ga (2:1) qarshi bahsida Lionel Messining kiritgan goli kataloniyaliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 30 yoshli argentinalik forvardning La Ligada jarimadan urgan 21-goli bo‘ldi. Messi bu ko‘rsatgich borasida “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni (20) ortda qoldirdi va etakchlikni o‘z qo‘liga oldi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum chempionatning 21ta uchrashuvida ishtirok etib, o‘z hisobiga 20ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar